Yoshlar bilan muloqot – yangi tashabbus va imkoniyatlar sari
2026-06-18 18:30:00 / Yangiliklar

Yoshlar oyligi doirasida Payariq tumanida viloyat hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayevning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglanib, bandlik, ta’lim, tadbirkorlik hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot yakunida mas’ullarga yoshlar murojaatlarini hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

