“Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichiga tantanali start berildi
2026-06-02 15:30:00 / Yangiliklar

Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mutasaddi rahbarlar, musobaqa ishtirokchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosim davomida Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Husan Tuxtayev viloyat hokimi tomonidan yo‘llangan tabrikni o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng respublikaning turli hududlaridan kelgan ishtirokchi jamoalar tantanali ravishda tanishtirildi. Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, badiiy-madaniy chiqishlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Mazkur musobaqa yoshlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda qutqaruvchilik kasbiga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

