Samarqand tumanida yirik turizm loyihasi ishga tushirildi
2026-06-01 18:10:00 / Yangiliklar

Tumandagi "Oqbo‘yra" turistik-rekreasion hududida barpo etilgan zamonaviy “Zarra Resort & Spa” majmuasi birinchi bosqichining ochilish va foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
7 gektar maydonda bunyod etilgan mazkur majmua zamonaviy mehmonxona va dam olish xizmatlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, yiliga 300 ming nafargacha mehmonlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Majmuaning ishga tushirilishi hududning turizm salohiyatini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida mehmonlar majmuada yaratilgan sharoitlar, zamonaviy infratuzilma va kelgusidagi rivojlantirish rejalari bilan tanishdilar.


