Viloyat hokimi Adiz Boboyev Indoneziya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi
2026-05-30 12:30:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Indoneziyaning “BPI Danantara” tashkiloti rahbari o‘rinbosari hamda “PT PAL Indonesia” kompaniyasi bosh direktori Kaxaruddin Djenod Dayeng Manyambeang bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Kaxaruddin Djenod Dayeng Manyambeang davlat kompaniyalari aktivlarini boshqarish, yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, sanoat muhandisligi, raqamlashtirish hamda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish yo‘nalishlarida katta tajribaga ega.
Uchrashuvda viloyat rahbari hududning investitsiyaviy salohiyati, mavjud imkoniyatlari va istiqbolli loyihalari haqida batafsil ma’lumot berib, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlarni alohida ta’kidladi.


