Paxtachi yoshlari bilan ochiq va samimiy muloqot
2026-03-12 12:05:00 / Matbuot anjumanlari

Paxtachi tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Husan Tuxtayev hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Dilfuza Azizova ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ta’lim va tadbirkorlik yo‘nalishida yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.









