8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami keng nishonlanmoqda
2026-03-07 21:35:00 / Yangiliklar

Har yili 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan turli sohalarning ilg‘or xotin-qizlariga alohida ehtirom ko‘rsatilib, e’zozlanadi.
Viloyatimizda ham ushbu ayyom munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ayollar, o‘z hayotiy tajribasi asosida yoshlar tarbiyasiga, oilalar mustahkamligiga munosib hissa qo‘shayotgan nuroniy onaxonlar, iqtidorli qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirda Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev barcha xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutlab, o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirdi.
Viloyat rahbari ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollarning roli katta ekanligini, ular har jabhada munosib o‘rin egallab, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelayotganligini e’tirof etdi.
Bayram munosabati bilan fidoyiligi, tashabbuskorligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan opa-singillarimiz, munis onaxonlarimizdan 19 nafari “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, bir guruh xotin-qizlarga viloyat hokimining faxriy yorliqlari topshirildi.

