RASMIY MUNOSABAT
2026-02-17 20:25:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on va Qo‘shrabot tumanlari hokimlarining Xitoy Xalq Respublikasi safariga delegatsiya tarkibida yaqin qarindoshlarini qo‘shib yuborganligi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur holatga viloyat hokimligining tegishli mas’ullari tomonidan aniqlik kiritildi.
Samarqand viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi, lavozim majburiyatlarini yetarli darajada bajarmaganligi sababli Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Nasriddinov Jamshid Tulkinovich va Qo‘shrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovichga nisbatan "Hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati
