Kattaqo‘rg‘on shahrida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilmoqda
2026-03-05 21:30:00 / Yangiliklar

Ayni paytda viloyat hokimining o‘rinbosari Husan Tuxtayev Kattaqo‘rg‘on shahri yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda mavjud imkoniyatlar haqida atroflicha fikr almashilmoqda.
Muloqot jarayonida faol yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi loyihalar va tashabbuslar yuzasidan takliflarini bildirib, ularni amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilinmoqda.
Yig’ilganlar tomonidan bunday uchrashuvlar yoshlarning muammo va takliflarini bevosita eshitish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududda yoshlar siyosatini yanada samarali amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.









