Buyuk Britaniya delegatsiyasi kutib olindi
2026-02-14 16:30:00 / Yangiliklar

Buyuk Britaniya Bosh vazirining Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha maxsus savdo vakili — Lord Jon Alderdays boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga keldi.
Mehmonlarni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimi Adiz Boboyev kutib oldi.
Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Samarqanddagi tarixiy va madaniy obidalar, diqqatga sazovor maskanlarni tomosha qilishi rejalashtirilgan.

