Rasmiy munosabat
2026-02-12 13:40:00 / Rasmiy munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqanddan Xitoyga yuborilgan delegatsiyalar tarkibida hokimlarning o‘g‘illari va haydovchisi ham bo‘lgan" nomli material tarqaldi.
Ushbu holat viloyat hokimligi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi tomonidan 2025-yilda paxta terish mashinasi xarid qilish istagini bildirgan tashabbuskor fermerlarning texnika xarid qilish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga safari tashkil etilganligi, tumani hokimining o‘g‘li ham hokimning onasi tomonidan 2006-yilda tashkil etilgan “Qiyomov Nosir” fermer xo‘jaligi uchun Xitoy davlatidan paxta terish mashinasini xarid qilish maqsadida safarda ishtirok etganligi hamda XXRda ishlab chiqarilgan texnikani sotib olib kelganligi aniqlandi. Safar bilan bog‘liq barcha xarajatlar guruh a’zolarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplangan.
Qo‘shrabot tumani hokimining o‘g‘li hamda haydovchisi esa 2025-yilning dekabr oyida Xitoy Xalq Respublikasiga yuborilgan guruh tarkibida o‘z mablag‘i hisobidan borganligi va buninig uchun mahalliy budjet mablag‘i sarflanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Viloyat hokimligi jamoatchilikni qiziqtirayotgan savollarga ochiqligini ma’lum qilamiz.
Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati
