“Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi
2025-12-23 20:05:00 / Yangiliklar

Bugun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan “Yil ayoli” milliy tanlovi hamda “Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida mahalladan boshlangan ezgu tashabbuslarni respublika miqyosida amaliy va samarali harakatga aylantira olgan “Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.
“Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovi gʻoliblari sifatida el ishonchiga sazovor, tashabbuskor va masʼuliyatli 14 nafar xotin-qizlar faoli taqdirlandi. Ular oʻz faoliyati bilan mahallada ijobiy muhit yaratish, aholining ijtimoiy faolligini oshirish hamda Yangi Oʻzbekiston islohotlarini quyi boʻgʻinda samarali amalga oshirishga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.
"Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovi gʻoliblari qator muhim va ijtimoiy ahamiyatga ega yoʻnalishlar boʻyicha aniqlanib, munosib taqdirlandi.
“Eng namunali xotin-qizlar faoli” tanlovida Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “Sarichashma” MFY xotin-qizlar faoli Malohat Abdanova “Sogʻlom avlod tarbiyasiga qoʻshgan hissasi uchun” nominatsiyasi gʻolibi bo‘ldi.
