Viloyatda ot sporti sohasi rivojlantiriladi
2025-12-16 18:30:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyevga O‘zbekiston Yilqichilik va ot sporti federatsiyasining 2025-yil yakuni marosimida
Milliy gvardiya Samarqand viloyati Chavandozlar maktabi faoliyati hamda sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlari sarhisobi yuzasidan tayyorlangan tashakkurnoma topshirildi.
Unda viloyatda chavandozlar tayyorlash tizimini mustahkamlash, milliy sport turlarini rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirok etishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida gapirildi.
Uchrashuvda kelgusida ot sporti sohasini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishib olindi.

