Nyu-York meri Erik Adams Samarqandga keldi
2025-11-22 12:35:00 / Yangiliklar

Nyu-York shahri meri Erik Adams O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida bugun Samarqandga ham keldi. Mehmonni Samarqand temiryo‘l vokzalida viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Samiyev kutib oldi.
Kun davomida Nyu-York shahri meri Registon maydoni, Shohizinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi kabi qator diqqatga sazovor joylar, tarixiy obidalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida madaniy aloqalarni rivojlantirish, turizm sohasida tajriba almashish, shuningdek, shahar boshqaruvida innovatsion yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda.


