Hokimiyat haqida

Romitan tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1962-yilda Buxoro tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1970-yil 7-dekabrda qayta tashkil etilgan. Romitan tumani shimoldan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Amu-Buxoro kanali orqali Shofirkon tumani, sharqdan Vobkent tumani, janubi-sharqdan Buxoro tumani, janub va janubi-gʻarbdan Jondor tumani bilan chegaradosh. Maydoni 1,1 minng km². Aholisi 167,4 ming kishi (2024). Romitan tumanida 11 ta shaharcha (Romitan, Gazli, Bogʻiturkon, Joʻgi, Xoʻja Hasan, Qizil Ravot, Koʻhna Romitan, Shurak, Oltin Meros, Muzafar, Yangi Mirishkor), 11 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Arabxona, Bogʻiturkon, Doʻrmon, Koʻhna Romitan, Mirishkor, Qizil Ravot, Romitan, Tolimas, Oltin Meros, Xoʻja Hasan, Chigil) bor. Markazi — Romitan shaharchasi. Romitan tumanida toʻrtta yirik tarixiy obida mavjud: Mir Said Bahrom maqbarasi (XIII-XIV asrlar), Hazrat Bobo Sammosiy majmuasi (XIV asr), Xoʻja Ubon maqbarasi, Gʻaziyon majmuasi. 1935-yildan „Romitan tongi“ gazetasi chop etiladi.
Romitan tuman hokimiyati ish vaqti:
