🟢Xalq qabulxonasi binosida fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi
2026-09-29 13:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 29-sentabr kuni tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Romitan tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari Sherali Po'lotov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi binosida shaxsiy qabul o‘tkazdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ish bilan ta'minlash masalalari bo'yicha murojaatlar kelib tushdi.
Murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
Qonunchilik doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijroga qaratildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Romitan tuman hokimligi matbuot xizmati


