🟢Navbatdagi “Hokimlik soati”da vazifalar ijrosi muhokama qilindi
2026-09-15 12:55:00 / Yangiliklar

Bugun Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev rahbarligida tuman hokimligining katta majlislar zalida “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot, korxona, muassasalar rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan soha rahbarlari axborot berishdi.
Bundan tashqari yig‘ilishda tuman rahbari tomonidan aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, murojaatlar bilan tizimli ishlash, mahalla yettiligi faoliyati, yer va mol mulk soliq tushumlari undirilishi, biriktirilgan kambag'al oilalar va yoshlar bilan ishlash hamda ularga amaliy yordam ko'rsatilishi holati tahlil qilinib, bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab berildi.







