Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi: Romitan tumanida mahallabay o‘rganishlar boshlandi
2026-07-22 09:30:00 / Yangiliklar

🟢Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi: Romitan tumanida mahallabay o‘rganishlar boshlandi
Xabaringiz bor kuni kecha, 2026-yil 30-iyun – Yoshlar kunida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda sohani rivojlantirishga qaratilgan 50 ga yaqin ustuvor vazifalar belgilab berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini quyi tizimga tushirish va amaliyotga to‘laqonli joriy etish maqsadida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi Buxoro viloyati Romitan tumanida o‘z o‘rganish ishlarini boshladi.
O‘rganishda yoshlarning bandligi, ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, tumandagi holati yoshlar muommolarini aniqlash va bartaraf etish masalalariga qaratilgan.
Romitan tuman hokimligi matbuot xizmati



