"Mustaqillik to‘yi" festivali – Vatan madhiga bag‘ishlangan ulug‘ tantana!
2026-07-23 10:30:00 / Yangiliklar

"Mustaqillik to‘yi" festivali – Vatan madhiga bag‘ishlangan ulug‘ tantana!
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasida Romitan tumanida ma'naviy-ma'rifiy ruhdagi "Shukronalik" tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
Romitan tuman hokimligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Romitan tuman bo‘linmasi, madaniyat xodimlari hamda hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, mustaqillikning bebaho ne'mati, Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlar va xalqimiz birdamligini ulug‘lovchi mazmunli chiqishlar yangradi.
Respublikadan tashrif buyurgan "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari tomonidan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Vatan ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Bayram dasturi davomida Vatan va mustaqillikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, dilbar musiqiy chiqishlar va badiiy dasturlar barchaga unutilmas taassurot ulashdi.
Mustaqillik – faxrimiz!
Birdamlik – kuchimiz!
Yangi O‘zbekiston – umumiy maqsadimiz!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!
Romitan tuman hokimligi matbuot xizmati




