Romitan tuman hokimligining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-24 16:55:00 / Yangiliklar

Romitan tuman hokimligining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilganligi, odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.
Bugun, 24-iyul kuni Romitan tuman hokimligining navbatdagi fuqarolar qabuli tuman Xalq qabulxonasi binosida Romitan tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Shukurov tomonidan o‘tkazildi.
Fuqarolar qabulida tuman Xalq qabulxonasi vakillari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot, korxona rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Fuqarolarimiz tomonidan ishga joylashish, tibbiyot sohasiga doir, tadbirkorlik, oilaviy masalalar, bir martalik moddiy yordam tayinlash, uy-joyni ta’mirlab berish, kadastr, sud-huquq masalalari bilan yuzasidan murojaat qildilar.
Qabulda 7 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi va shu kunning o‘zida 3 ta murojaat o‘z yechimini topdi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Romitan tuman hokimligi matbuot xizmati



