Rasmiy munosabat
2026-04-16 17:35:00 / Yangiliklar

Kuni kecha "Xo’jaubbon MFYda Asbob qishlog’ida yashovchi Mavlonova Shoista tomonidan viloyat hokimi Zaripov Botir Komilovichga "Romitan tumanidagi mas’ullar hamda mahalla xodimlari mendan umuman xabar olmaydi" mazmunidagi video murojaat yo‘llangan.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Romitan tuman Inson ijtimoiy xizamatlar markazi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida Xo’jaubbon MFYda Asbob qishlog’ida yashovchi Mavlonova Shoista Qo’shayevna 16.02.1968 yilda tug’ilgan hozirda yoshga doir nafaqada,turmush o’rtog’i Ramazonov Qodir Xamroyevich 12.09.1969 yilda tug’ilgan hozirda norasmiy ish bilan band, qizi Hamroyeva Shoyida Qodir qizi 07.06.1999 yilda tug’ilgan hozirda 1guruh (ruhiy kasal) nogironligi bor.
Oilani daromadi Mavlonova Shoista Qo’shayevna o’zini nafaqasi 1 012 000 so’m oladi, qizi Hamroyeva Shoyida Qodir qiz 1 129 750 so’m nogironlik nafaqasi oladi bundan tashqari, Romitan tuman Inson ijtimoiy xizmatlar Markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 05-maydagi PQ 171 sonli qarorga asosan “Faol hayot dasturi” doirasida otasi Ramazonov Qodir Xamroyevich hozirgi kunda qizini parvarishlash bilan bandligi sababli uyda qarab turish xizmti tayinlanib haq to’lab berish evaziga qarovchi sifatoda 2025-yilda tayinlangan edi va bunga asosan 6oy davomida vaucher xizmati asosida pul mablag’i olib kelgan,30.10.2025 yilda kuz qish mavsumi uchun 1 000 000 so’m moddiy yordam to’lab berildi, mahalla homiylar tomonidan oziq-ovqat va gigiyenit vositalar fuqaro xonadoniga berildi.
2026-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-67 Qaroriga asosan Muborak ramazon oyiga fuqaroga 10.03.2026 yilda oziq ovqat mahsuloti berildi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-35 sonli Qaroriga asosan 6 oy davomida moddiy yordam tayinlash uchun ariza 08.04.2026 yilda berilgan ariza jarayon holatida turibdi.
Mavlonova Shoista xonadonida doim xabar olinib, yordam beril kelingan va bundan keyin ham qonun doirasida yordam berish ko’riladi.
Romitan tuman Inson ijtimoiy xizamatlar markazida Kompleks xizmat ko‘rsatuvchi xodim Po'latov Feruz Fazli o'g'li


