Romitanda “Yoshlar kuni” doirasida samarali uchrashuv
2026-04-10 15:55:00 / Rasmiy munosabat

Romitanda “Yoshlar kuni” doirasida samarali uchrashuv
Romitan tumani IIB boshligʻi tomonidan "Sho‘rabod" mahalla fuqarolar yig‘ini da joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabi 7-11-sinf oʻquvchilari bilan kengaytirilgan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda maktab davomati, o‘quvchi madaniyati, jinoyatchilik va giyohvandlikning oldini olish, yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, shuningdek, oliy ta’limga kirish, kasb-hunar egallash va xorijiy tillarni puxta o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida, og‘ir toifadagi yoshlar bilan yakka tartibda muloqot tashkil qilinib, ularning muammolariga eʼtibor qaratildi.



