Romitan tumanida Amir Temur tavalludining 690 yilligi ulug‘vor ruhda nishonlandi!
2026-04-09 10:50:00 / Yangiliklar

Romitanda Sohibqiron tavalludining 690 yilligi keng nishonlandi
Bugun, 9-aprel kuni Amir Temur tavalludining 690 yilligi 12-sonli Musiqa va san’at maktabida tantanalar saroyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir avvalida Romitan tumani bo‘ylab Sohibqiron Amir Temur tavallud ayyomi munosabati bilan parad tashkil etildi.
Mazkur tadbir tuman hokimining ma’aviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gulandom G‘iyosova boshchiligida tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Tadbirda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, uning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda bugungi yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Mas'ullar tomonidan Sohibqironning jasorati, adolatparvarligi va yurt ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, tarixiy merosimizni chuqur o‘rganish va yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi.
Tadbir davomida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongida tarixga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.




