Yoshlar kunidagi uchrashuv
2026-04-10 15:45:00 / Yangiliklar

Yoshlar — ertamizning egalari. Yurtboshimizning ularga koʼrsatayotgan gʼamxoʼrliklari negizida kelajagimizga eʼtibor masalalari yotadi.
Haftaning har payshanbasi — Yoshlar kuni deb atalishi ham shu eʼtibor eʼtirofidir.
Bugun tuman Kengashi deputati, "Romitannoma" gazetasi bosh muharriri Maxfirat Аtoeva tumanimizdagi 3-texnikumda tahsil olayotgan 640 nafar talabalar va ularga saboq berayotgan ustozlari bilan uchrashdi.
Ularga yaratilgan shart-sharoitlar, obodonchilik ishlari, yoʼnalishlar, yoshlar kitobxonligi masalalari bilan tanishdi.
Uchrashuv chogʼida yoshlar maʼnaviyati masalalariga toʼxtalib, oʼz sheʼrlaridan namunalar aytib berdi.
Texnikumda ijodkor yoshlar klubi tashkil etildi. Unda texnikum maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʼyicha direktor oʼrinbosari Dildora Salomova rahbarlik qiladigan boʼldi.
Tadbirda tuman Kengashi deputati Moʼmina Jumaeva, "Madad" nodavlat, notijorat tashkiloti tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi Muhitdin Fatullaevlar ham ishtirok etdilar va soʼzga chiqdilar.
Maxfirat Аtoeva
Jurnalist




