RASMIY MUNOSABAT
2026-04-08 18:30:00 / Rasmiy munosabat

Kuni kecha Romitan tuman Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘ini, Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi To‘xtayev Shoxsanam Islomovna tomonidan viloyat hokimi Zaripov Botir Komilovichga "Romitan tuman hokimligi mas’ullari hamda mahalla xodimlari mendan umuman xabar olmaydi" mazmunidagi video murojaat yo‘llangan.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Romitan tumani hokimligi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida fuqaro To‘xtayeva Shoxsanam Islomovnaga bugungi kunga qadar davlat tashkilotlari, davlat xizmatchilari va homiylik mablag‘lari hisobidan bir necha bor moddiy yordam va oziq ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.
Jumladan:
Fuqaroga 2024 yil davomida Alisher Navoiy mahalla raisi boshchiligida 500 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, tuman hokimligi tomonidan 400 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari, sektor rahbari tomonidan 600 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 500 000 so‘m miqdorida pul mablag‘lari, farzandini davolanishi uchun bepul dori-darmon vositalari, Sh.To‘xtayevaning oyog‘ini jarrohlik amaliyotini qilishda yordam so‘rab qilgan murojaati bo‘yicha 30 000 000 so‘mlik bepul jarrohlik amaliyoti, tuman hokimligi tomonidan 150 kg bug‘doy, ikki nafar farzanlari uchun maktab formalari, homiylik asosida 8 turdagi 500 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, homiylar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari olib berilgan bo‘lsa, 2024 yil iyul oyidan 2025 yil fevral farzandlari uchun 18 yoshgacha nafaqa puli, 2024 yil dekabr oyidan esa bir yil muddatda 2-guruh nogironligi nafaqasi tayinlangan.
- 2025 yil davomida mahalla xodimlari tomonidan 1 500 000 so‘m naqd pul moddiy yordam sifatida, fevral-mart oylari ijara to‘lovlarini to‘lashi uchun 3 000 000 so‘m miqdorda bir martalik yordam puli, oyida “Ayollar jamg‘armasi” tomonidan uy-joyini ta’mirlash uchun 5 450 000 so‘mlik qurilish materiallari, qilgan murojaati asosida homiylik asosida plastik kartasiga 500 000 ming so‘m pul mablag‘lari, mahalla xodimlari tomonidan 450000 so‘mlik oziq ovqat maxsulotlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan elektr va gaz to‘lovi uchun 1 000 000 so‘m miqdordagi pul mablag‘lari, mahalla xodimlari say harakatlari bilan uy-joy ijara to‘lovi uchun 2 000 000 so‘m naqd pullar, tuman hokimligi tomonidan 500 000 so‘mlik moddiy yordamlar, Alisher Navoiy MFY xodimlari xulosasi bilan ijtimoiy yordam platformasi orqali Buxoro viloyat markaziy kasalxonasida bepul davolanishi uchun maxsus order olib berilib davolanish jarayonidagi dori-darmonlari tuman tibbiyot birlashmasi rahbari homiyligi asosida amalga oshirilgan, Sh.To‘xtayeva murojaati asosida farzandi M.Ermatovni 2-MTMga bepul tarbiyalanishi uchun joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022 yil 31 martdagi 145-sonli qaroriga asosan 6-bosqich “Ayollar daftari”ga uy-joyini ta’mirlash uchun kiritilgan, 2 nafar farzandini “Dehqonov” o‘quv markaziga bepul ta’lim olishi uchun joylashtirilgan, uyini elektrlashtirish uchun homiylik asosida 120 metr uzunlikda elektr kabel olib berilgan, farzandlari uchun “Nuroniy jamg‘armasi” tomonidan birta parta va 2 dona stul ajratib berilgan, bolalari uchun maktab formasi olib berilgan, tuman elektr ta’minoti korxonasi tomnidan Bog‘cha MFY Bog‘cha qishlog‘idagi uyi elektrlashtirib, tuman gaz ta’minoti korxonasi tomonidan esa tabiiy gaz o‘tkazilib berilgan.
2026 yil davomida tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan 12 turdagi oziq ovqat maxsulotlari, 2 marta homiylik asosida oziq-ovqat mahsulotlari, Ramazon hayiti munosabati bilan Prezident tashabbuslari asosida bir martalik 1 000 000 so‘m miqdordagi pul mablag‘lari, hoymilar tomonidan Ramazon oyi munosabati bilan 7 turdagi oziq ovqat maxsulotlari, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 12 turdagi oziq ovqat maxsulotlari olib berilgan. Bundan tashqari 2-guruh nogironligi uchun 1 022 000 so‘m miqdorda nafaqa puli olib kelmoqda.
Fuqaroning murojaatlari asosida Bog‘cha MFY Bog‘cha qishlog‘idagi uyi tuman xokimligi tashabbusi bilan ta’mirlanib, foydalanishga tayyor holga keltirib qo‘yilgan bo‘lsada fuqaro “BOQIMANDALIK” kayfiyatida doimiy ravishda ijarada turishini asos qilib, yuqori turuvchi tashkilotlarga norozi kayfiyatda murojaat qilib qilib kelmoqda.





