Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari diqqatiga!
2026-02-10 09:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Buxoro viloyati hududiy shu’basi hamda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan joriy yilning 12-fevral kuni soat 11:00 da jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammo va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa sayyor qabulga tashrif buyuring.
📌Manzil: Buxoro viloyati, Romitan tumani, «Bobur» MFY binosi
📲 Batafsil ma’lumot olish uchun telefon raqamlar:
+998 65 223-85-86
+998 65 224-01-11
