Qo‘shko‘pir tumani hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tuman IIB boshlig‘i v.v.b mayor K.R.Yoqubovning aholiga M U R O J A A T I
2025-08-02 16:00:00 / Murojaatlar

Qo‘shko‘pir tumani hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tuman IIB boshlig‘i v.v.b mayor K.R.Yoqubovning aholiga
M U R O J A A T I
2025 yil 7 oyi mobaynida huquqni muxofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilib “Xavfsiz xudud”, “Nazorat”, “Tun”, “Turmush” va “Xonadon” va boshqa maxsus tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazildi.
Mahallalarda xar bir oilaga kirilib, oiladagi muhit, yashash sharoiti, muammolari o‘rganilib bartaraf qilish choralari ko‘rilib, fuqarolarimiz ongida "Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak” degan tuyg‘uni shakllantirish bo‘yicha aniq manzilli profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 7 oyi davomida tumanda 126 ta jinoyatlar (55) sodir etilgan bo‘lib ushbu jinoyatlaring 23 tasi ya’ni 18,3 foizi oldi olinishi lozim bo‘lgan, 49 tasi 38,8 foizi aniqlanadigan, 54 tasi 42,8 fozini ahborot tehnologiyalar yordamida sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etdi.
Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar 4,2 foizga (24tadan 23 taga) kamaydi, shundan o‘lim bilan bog‘liq jinoyatlar 166,7 foizga (3 dan 8 taga), aliment to‘lashdan bo‘yichn tovlash 100 foizga (0 dan 2taga) oshdi, talonchilik jinoyati 100 foizga (0 dan 1 taga) oshdi.
Tumanda "Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili bo‘yicha 47 ta mahallalarning 44 tasi “yashil” va 3 tasi “sariq” toifaga (Baxoriston,Yovg‘ir xamda Chamanzor mahallalari) kiritildi.
Mahalla hududida sodir etilgan (47modda bo‘yicha) jinoyatlar 11 tadan 3 taga ya’ni 8 taga 72,7 foizga kamaydi.
Joriy yilning 3 yanvar kungi Prezidentimizning “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha tumanda jinoyatlarni barvaqt oldini olish va xavfsiz muhitni yaratishga qaratilib, barcha taalluqli idoralarning jalb qilinib tizimli ishlar olib borimoqda.
Jumladan, mazkur qarorning ijrosi bo‘yicha mahallalarda yashovchi alohida toifadagi shaxslar (ilgari sudlanganlar, ma’muriy nazoratdagilar probatsiya hisobidagilar, ruhiy kasallar, giyoxvandlar, ichkilikka ruju qo‘yganlar, janjalkash oilalar, yengil tabiatli ayollar hamda jinoyat sodir etishga moyil shaxslar) bilan olib borilayotgan ishlar kuchaytirildi.
Xisoblarda turadigan ruhiy kasallar va turmaydigan ruhiyatida o‘zgarishlar bo‘lib turadigan shaxslar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar kuchaytirilib, bu toifadagi shaxslarni tibbiyot muassasalariga joylashtirish ishlari olib borildi.
Har bir mahallada spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan shaxslarning ro‘yxatini shakllantirish, (bular orasida er-xotin, ota-bolalar birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlarga alohida e’tibor qaratish) ularni sog‘lom turmush tarzini kechirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshiridi.
Har bir oila-turmush doirasidagi ijtimoiy-maishiy nizolar, rashq va xiyonat natijasida yuzaga keladigan nizoli holatlar, mulkiy nizolar, qarindosh-urug‘,tanish-bilish va qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchiliklar oqibatida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi manzilli profilaktik tadbirlarni belgilab olib, ushbu yo‘nalishdagi ishlarni alohida nazoratga olindi.
Oila-turmush munosabati doirasida hamda yoshlar, ayollar tomonidan va ishsizlik oqibatida sodir etilishi mumkin bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarning oldini olish borasida profilaktika inspektorlaring mahalladagi xokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikdagi faoliyatini yo‘lga qo‘yildi.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar doirasida huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 6633 nafar shaxslar aniqlanib, “Ye-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilib 4831 nafari bo‘yicha qo‘shma xulosalar qilinishi ta’minlandi.
Bo‘limda xizmat olib boratyogan 50 nafar profilaktika inspektorlari har xaftada o‘tkazilayotgan “Profilaktika kuni”da mahallalarda tashkil etilgan “telegramm”guruhlarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha aholiga “videomurojaat” bilan chiqish tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Aziz yurtdoshlar!!!
Joriy yilning o‘tgan 7 oyi mobaniyda sodir etilgan 54 ta ahborot texnolgiyalar yordamida sodir etilgan jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqqan xolda tumanimiz aholisiga “internet” saytlardagi firibgarlarning “oson yechim topadigan” yolg‘on va’dalariga aldanib qolishdan saqlanishni, shaxsga doyir va bank kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xech kimga bermasliklarini so‘rab qolamiz.
Tumanda o‘lim bilan bog‘liq YTXlar 3 tadan 8 taga 166,7 foizga oshganligi inobatga olib barcha haydovchilarni va piyodalarni yo‘l xarakati qoidalariga qa’tiy rioya etishga, belgilangan tezlikni meyoridan oshirmasliklarini, xujjatsiz transport vositasi boshqarmaslikga, elektroskuterlarni extiyot bo‘lib boshqarishga, shuningdek spirtli ichimlik istemol qilib transport vositalarini boshqarib o‘zini va boshqalarning xayotiga xavf solmasliklarini so‘rab qolamiz.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashda bir birimizga yelkadosh bo‘lib harakat qilsak, har bir hudud, mahalla va oilaning tinchligi va osoyishtaligini saqlashda albatta ko‘zlangan maqsadlarga erishimiz.
Murojaatim tugadi, e’tiborlaringiz uchun katta raxmat!
