Hokimiyat haqida

Qo‘shko‘pir tumani hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (1993-yil 2-sentyabr), O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2014-yil 5-may), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori (2016-yil 24-fevral), Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori (2016-yil 27-aprel), Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (2016-yil 2-mart)ga muvofiq faoliyat yuritadi. Hokimlik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, viloyat hokimligining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Hokimiyat tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan o‘rnatiladi va o‘zgartiriladi. Qo‘shko‘pir tumani hokimligi boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Bog'ot tumani hokimligining boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga amal qiladi. Qo‘shko‘pir tumani hokimligi boshqaruv apparati o‘z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi. Tuman hokimi viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi, ozod etiladi va Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Hokimning vakolat muddati – 5 yil.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar ro'yxati
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni. 1993-yil 2-sentyabr.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni. 2014-yil 5-may.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududiy davlat boshqaruvi organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori. 2016-yil 24-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori. 2016-yil 27-aprel.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori. 2022-yil 14-oktyabr.
