Mahalladagi xotin-qizlar faollariga uslubiy yordamlar ko‘rsatilmoqda
2025-04-29 10:20:00 / Gender tenglik

Mahalladagi xotin-qizlar faollariga uslubiy yordamlar ko‘rsatilmoqda
Qo‘shko‘pir tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganova Sherobod, Mehnatobod, Ilgaldi, Uyg‘ur, Bekobod va Adolat mahallalarida bo‘lib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga hamkor tashkilotlar va mahalla yettiligi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar holatini o‘rgandi.
Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari oilaviy ajrimlarning oldini olish, notinch oilalarni farovon hayot sari yo‘naltirish, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, davlat tomonidan yaratilgan imtiyozlarni ularga tatbiq etish, moddiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkor ayollar safini kengaytirish hamda ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida mahalla yettiligiga muhim vazifalarni belgilab berdi.
Shu bilan birga, mazkur tadbirlar davomida Muhtaram Prezidentimizning PQ-1-sonli hamda PQ-103-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati







