Qöşköpir tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği Şuxrat Maşaripovning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş va uni betalofat ötkaziş böyiça aholiga yöllagan murojaati
2026-10-30 15:00:00 / Murojaatlar

Aziz tumandoşlar!
Yurtimizda kuz-qiş mavsumi kirib kelişi bilan havo haroratining pasayişi, sovuq kunlarning boşlanişi tabiiy hol. Bu davrda har bir xonadon, muassasa va taşkilotda issiqlik manbalaridan — gaz, elektr yoki boşqa yoqilğida işlaydigan isitiş moslamalaridan keng foydalaniladi. Ammo, şuni unutmangki, isitiş tizimlaridan foydalanişda beparvolik, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik, nosoz yoki qölbola moslamalarni qöllaş oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Şu munosabat bilan, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi Siz,hurmatli fuqarolardan quyidagi muhim qoidalarga qat’iy amal qilişingizni sörab qoladi:
Elektr xavfsizligi böyiça:
✔️Taşqi himoya qobiqlari şikastlangan elektr sim va kabellardan aslo foydalanmang;
✔️Elektr tarmoğiga ortiqça yuklama bermang, bir tarmoqqa bir neçta quvvatli moslamalarni ulanmaslikka harakat qiling;
✔️Nosoz rozetka, sim, çiroq va isitkiçlarni zudlik bilan ta’mirlatiş çoralarini köring.
Isitiş peçlari va moslamalaridan foydalanişda:
✔️Isitiş mavsumi boşlanişidan avval peçlar, dudburonlar va quvurlarni tekşirib, ularning sozligini ta’minlang;
✔️Dudburonlar tutun bilan tösilib qolmaganligini, havo tortiş kuçi yetarli ekanligini sinab köring;
✔️Dudburon va peçlarni tozalaş, sozlaş işlarini faqat maxsus taşkilotlar mutaxassislariga topşiring;
✔️Qölbola, nosoz yoki yaroqsiz isitiş moslamalaridan foydalanmang;
✔️Faqat standart talablariga javob beradigan, işlab çiqaruvçi körsatmasiga muvofiq örnatilgan va işlatilayotgan moslamalardan foydalaning;
✔️Isitiş peçlarini haddan taşqari qizdirib yubormang;
Gaz jihozlaridan foydalanişda:
✔️Gaz ta’minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini texnik körikdan ötkazing;
✔️Gaz quvurlarini özboşimçalik bilan ulanmamg, tartib-qoidalarga rioya qiling;
✔️Gaz plitalari va isitkiçlari ustida kiyim-keçak yoki yonuvçi materiallarni quritmang;
✔️Agar gaz hidi sezsangiz, darhol deraza va eşiklarni oçib, gaz manbaini öçiring.
Agar Siz yoki atrofdagilar yonğin, portlaş xavfi, gaz sizib çiqişi yoki boşqa favqulodda holatni sezsangiz, darhol “112” – Favqulodda vaziyatlarda yagona dispetçerlik xizmatiga xabar bering.
Hurmatli fuqarolar!
Sizning e’tiboringiz va mas’uliyatingiz özingiz, oilangiz, qöşnilaringiz va butun mahalla xavfsizligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tomonidan tumanimiz böylab keng qamrovli tarğibot-tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Aholi örtasida yonğin xavfsizligi, gaz va elektrdan foydalaniş qoidalari haqida eslatmalar tarqatilmoqda, profilaktika tadbirlari ötkazilmoqda.
Şuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida bölim xodimlari uyma-uy yurib, mörilarni bepul (beminat) tozalaş, dudburonlarni közdan keçiriş va ularning sozligini ta’minlaş böyiça amaliy yordam körsatmoqda.
Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari uşbu mas’uliyatli davrda fuqarolar osoyiştaligi va xavfsizligini ta’minlaş yölida tunu kun xizmat olib bormoqda.
Issiq, tinç va xavfsiz qiş mavsumini birgalikda ötkazaylik!
Hurmat bilan, Şuxrat Maşaripov, Qöşköpir tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği
