“Bilol group Qo‘shko‘pir tekstil”ga qarashli binoni oldida noqonuniy qurilish qurilayotganligi sarlavxasi ostida ijtimoyi tarmoqlarda qilingan murojaat yuzasidan MA’LUMOT
2026-10-15 18:00:00 / Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ 410-sonli qarori 11-bandiga asosan, “Qo‘shko‘pir dehqon bozori” MChJga ustov fondidagi 51 foiz davlat ulishini jamiyatga tegishli Qo‘shko‘pir tumani Chamanzor MFY Al-Beruniy ko‘chasi 25B-uy va Madaniyat MFY Mustaqillik ko‘chasi 199-uy manzilida joylashgan bino va inshoatlar negizida jamiyatni faoliyat turini saqlab qolgan xolda loyiha konsepsiyasi asosida zamonaviy ekobozor, savdo maishiy xizmat ko‘rsatish (avtoturargohi bilan) hamda ko‘ngil ochar majmuoni barpo etish sharti bilan to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilgan.
Shunga asosan “Brother gold house” X/Kga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2025 yil 11-yanvardagi 225858524-sonli loyiha-smeta xujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaxarsozlik kengashi ishchi organining xulosa berilgan.
Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xuzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi soxasida nazorat inspeksiyasining 2026 yil 16-martdagi 269236511-sonli Qurilish montaj ishlarini boshlash uchun ob’ekt ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Bugungi kunda “Brother gold house” X/K tomonidan bosh reja loyiha asosida Chamanzor MFY Al-Beruniy ko‘chasi 25B-uy manzilda ko‘p kavatli turar joy hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish (avtoturargohi bilan) qurish ishlari olib borilayotganligi sababli vaktinchalik to‘siq bilan o‘ralgan. Agarda binoda tadbirkor ish faoliyatini boshlasa “Brother gold house” X/K tomonidan tadbirkor kirib chiqishi uchun yo‘l ochib berilishi ma’lum bo‘ldi.
Murojaatda keltirilgan binoda “Bilol group Qo‘shko‘pir tekstil” ikki yildan beri faoliyat ko‘rsatmayotganligi, ushbu bino fuqaro Otaniyozova Matlubo Qo‘zibaevna tomonidan 12.05.2026 yil OA-1336809-sonli auksion yakunlari to‘g‘risidagi bayonnomaga asosan sotib olingan va 03.07.2026 yil ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan xuquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
