Davlat tilida ish yuritish — zamonaviy davlat boshqaruvining muhim mezoni
2026-08-20 13:00:00 / Yangiliklar

437-son qaror — davlat tilida ish yuritishni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim qadam
Davlat tili — millatning milliy o‘zligi, ma’naviy qiyofasi va davlatchilik timsolidir. Unga bo‘lgan e’tibor, avvalo, xalqning o‘z tiliga, tarixi va milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini ifoda etadi.
Shu nuqtai nazardan, «Respublikada davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 437-son qarorning qabul qilinishi mamlakatimizda davlat tili siyosatini izchil davom ettirish, davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish va bu boradagi mas’uliyatni yanada oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Ayniqsa, mazkur qarorning davlat organlari va tashkilotlarida rahbarning ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi faoliyatiga alohida e’tibor qaratgani biz — shu sohada mehnat qilayotgan mutaxassislar uchun haqiqatdan ham quvonchli xabar bo‘ldi.
Qarorda maslahatchilarning maqomi, vazifalari va mas’uliyati aniq belgilab berilgani sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun katta ahamiyatga ega.
E’tiborlisi, maslahatchi maqomi davlat organi rahbarining o‘rinbosariga tenglashtirildi. Shuningdek, maslahatchining vazifa va funksiyalarini boshqa bo‘linmalarga yuklash yoki ushbu lavozimni qisqartirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yildi.
Bu, bir tomondan, davlat tiliga bo‘lgan yuksak e’tiborning ifodasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, maslahatchilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.
Bugun davlat organlarida tayyorlanayotgan har bir hujjat, qaror, topshiriq va rasmiy murojaat xalq bilan davlat o‘rtasidagi muloqotning muhim vositasidir.
Shu ma’noda davlat tilida savodli, aniq va tushunarli ish yuritish — oddiy talab emas, balki davlat boshqaruvi madaniyatining muhim ko‘rsatkichidir.
Qarorda belgilangan vazifalar ana shu madaniyatni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Zero, to‘g‘ri yozilgan hujjat — to‘g‘ri anglangan fikr, to‘g‘ri anglangan fikr esa samarali boshqaruv demakdir.
Mazkur qarorni davlat tilida ish yuritish yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun katta ishonch va e’tirof sifatida baholash mumkin.
Chunki qaror bilan maslahatchilarning nafaqat vazifalari, balki ularning davlat tilini rivojlantirishdagi o‘rni va mas’uliyati ham aniq belgilab berildi.
Bu esa bizga yanada katta mas’uliyat bilan ishlash, o‘z bilim va ko‘nikmalarimizni muntazam oshirish, davlat tilining nufuzini yuksaltirish yo‘lida yangi tashabbuslarni ilgari surish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Qarorda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan davlat tilini rivojlantirishda foydalanishga ham alohida e’tibor qaratilgani zamonaviy va istiqbolli yondashuvdir.
O‘zbek tilidagi matnlarni ovozli nutqqa, nutqlarni matnga aylantirish, tarjima qilish, video va fotosuratlardagi matnlarni o‘qish imkonini beruvchi sun’iy intellekt platformasining yaratilishi davlat tilining raqamli makondagi imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Bu esa milliy til va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligi uchun yangi sahifa ochadi.
Qarorda davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish va davlat tilida ish yuritish uchun rahbarlarning shaxsiy mas’uliyati belgilangani ham nihoyatda muhim.
Chunki davlat tilining nufuzi faqat bir sohaning yoki bir mutaxassisning vazifasi emas. Bu — barchamizning umumiy burchimiz.
Har bir davlat xizmatchisi rasmiy hujjat tayyorlar ekan, har bir rahbar qaror qabul qilar ekan, har bir tashkilot o‘z axborotini jamoatchilikka taqdim etar ekan, davlat tiliga hurmat va mas’uliyat bilan yondashishi lozim.
437-son qaror biz — ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun nafaqat quvonchli xabar, balki katta ishonch va yuksak mas’uliyat ifodasidir.
[14.08.2026 10:42] Nodira O‘razboevna: Bu ishonchni oqlash uchun endi har birimizdan yanada ko‘proq izlanish, o‘rganish, tashabbus ko‘rsatish va natija bilan ishlash talab etiladi.
Zero, davlat tiliga xizmat qilish — oddiy vazifa emas. Bu millatning ma’naviy boyligiga, milliy o‘zligimizga va kelajak avlodga xizmat qilishdir.
Shunday ekan, 437-son qarorni biz, avvalo, yangi imkoniyatlar eshigini ochgan, davlat tilida ish yuritish sifatini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan muhim hujjat sifatida qabul qilamiz.
Til bor ekan — millat bor.
Tilga e’tibor bor ekan — milliy o‘zlik bor.
Davlat tiliga hurmat bor ekan — davlatchilik ruhi barqaror bo‘ladi.
Yangi qaror esa ana shu ezgu maqsadlar yo‘lida bizga kuch, ishonch va yangi mas’uliyat beradi.
437-son qaror — biz uchun quvonchli xabar, davlat tili uchun esa yana bir muhim qadamdir.
Davlat tilida ish yuritish — zamonaviy davlat boshqaruvining muhim mezoni
«Respublikada davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 437-son qarorning qabul qilinishi davlat tilini rivojlantirish va davlat organlarida ish yuritish madaniyatini yanada yuksaltirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Ayniqsa, qarorda ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchilarning maqomi, vazifa va vakolatlari aniq belgilab berilgani biz — shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun quvonchli xabar bo‘ldi.
Maslahatchi endi nafaqat hujjatlarning davlat tili talablariga muvofiqligini ta’minlaydi, balki normativ-huquqiy hujjatlarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish, zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini shakllantirish, tashqi yozuvlar va ko‘rgazmali axborotlarning davlat tiliga mosligini ta’minlash kabi muhim vazifalarni ham amalga oshiradi.
Eng muhimi, maslahchi maqomi davlat organi rahbarining o‘rinbosariga tenglashtirilishi va lavozimni qisqartirishga yo‘l qo‘yilmasligi davlat tiliga bo‘lgan yuksak e’tibor va ishonchning yorqin ifodasidir.
Qarorda o‘zbek tilini raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt orqali rivojlantirishga ham alohida urg‘u berilgani quvonarli.
Bu qaror biz uchun — katta ishonch, yangi imkoniyat va yuksak mas’uliyatdir.Zero, tilga xizmat qilish — millatga xizmat qilishdir!
Yangi vazifalarni sidqidildan bajarib, davlat tilining nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida bor bilim va salohiyatimizni safarbar etamiz.
Tuman hokimining maʼnaviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Eshchanova
