Qo‘shko‘pir tumani hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik A.K.Dusmetovning aholiga MUROJAATI
2026-06-01 17:00:00 / Murojaatlar

Assalomu alaykum Qo‘shko‘pir tumani
aholisi va yurtdoshlar!
- Xavfsiz va sog‘lom yurt”, “Yoshlar orasida giyoxvanlik va psixotrop moddalarni noqonuniy aylanshiga qarshi kurash oyligi dorirasida”, “Qoradori-2026” 1 bosqichi xamda “Nazorat”, “Tun”, “Turmush” va “Xonadon” va boshqa maxsus tezkor profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Xududda o‘tkazilgan siyosiy va milliy bayramlar, sport musobaqalari, madaniyhamdaboshqa qo‘ngilochartadbirlari davomida jamoat tartibi va fuqarolar havfsizligini ta’minlash ishlaridaxodimlar faol ishtirok etdilar.
Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan 2026 yil 5 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1-sonli,
“2026 yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikni barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-2-sonli Qarorlari qabul qilinishi bizga dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Asosiy e’tiborimiz, tumanda jinoyatchilikni keskin kamaytirishga erishish aholining orqali jinoyatlarni jilovlash, ijtimoiy profilaktika sub’ektlari bilan tizimili ishlash, odoirasida hamdavatomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha davlat idoralarining kuch va vositalarini jalb etishga qaratildi.
Jinoyatchilik tahillariga qo‘ra tumanda 2026-yilning o‘tgan may oyi davomida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyat turlaridan qotilik, nomusga tegish, o‘g‘irlik, tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, bezorilik, transport vositasini olib qochish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Joriy yilning 5 oyi davomida tuman hududida barcha sohalarda 136(66) ta jinoyatlar qayd etilib, o‘tgan yilning besh oyiga nisbatan 106,1 foizga yoki 70 taga oshdi.
Qayd etilgan jinoyatlarning,-
-13 (6,2%) tasi oldini olish mumkin bo‘lgan;
-57(42,3%) tasi tashabbus bilan aniqlangan;
-66(51,5) tasi axborot texnologiyalari yordamida sodir qilingan jinoyatlarni tashkil qiladi.
Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar 17 tadan 13 taga ya’ni 4 taga 23,5 foizga kamayib yaxshilangan.
Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatdan turlaridan 2026 (2025)
-firibgarlik 3(1) ta teng qayd etilgan.
- o‘lim bilan bog‘liq YTX lari 2(7) – 5 taga kamaygan
- o‘lim bilan bog‘liq bo‘lmagan YTX 3(2) ta teng qayd etilgan.
-yengil tan jaroxati 2(0) 200 foizga oshgan
-xaqorat qilish 1(0) 100 foizga oshgan
-o‘g‘irlik qilish 1(0) 100 foizga oshgan
-Nomusga tegish qilish 1(0) 100 foizga oshgan
-Axborot texnologiyalar yordamida sodir etilgan jinoyatlardan
66 (17) ta jinoyat qayd qilinib 288,2 foizga yoki 49 taga oshgan.
50(9)ta o‘g‘irlik,16(3)firibgarlik)
Joriy yilning o‘tgan davrida tumandagi barcha 47 ta mahalla bo‘lib, 44 tasi “yashil” toifada, 3 tasi sariq toifaga turibdi.
Mahalla hududida sodir etilgan (47 modda) jinoyatlari bo‘yicha.
-Yengil tan jaroxati 109 –m 1-q 1(0) 100 foizga oshgan.(Shixmashxad)
-xaqorat qilish, 140-m 3-q 1(0) 100 foizga oshgan.(Madanyat)
Nomusga tegish, 119-moddasi 3-q (0) 100 foizga oshgan.(Gulzor)
-o‘g‘irlik qilish 169-m 3-q 1(0) 100 foizga oshgan.(Qadryat)
Alohida toifadagi shaxslar jinoyatlari bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsam, 2026 yil 5 oyi davomida mast shaxslar tomonidan 3 ta, muqaddam sudlanganlar tomonidan 1 ta, yoshlar tomonidan 2 ta jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ayollar va voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlari sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.
Qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha
Joriy yilning 5 oyi davomida qidiruvdagi jami
14 nafar shaxslardan 4 nafari ushlanib, qidiruv qoldig‘i yil boshiga nisbatan 10 taga (11-10) kamaydi, qidiruvdagi shaxslarni ushlash foizi tuman bo‘yicha (38.9%-42,9%) yomonlashagan.
Qoldiqdagi qidiruvdagi shaxslarning 7 nafari yoki
70 foizini maxsus qidiruvdagi shaxslar tashkil qilsada, joriy yil boshidan beri bironta maxsus qidiruvdagi shaxslarni ushlash yoki tugatish choralari ko‘rilmagan.
Sohaviy xizmatlar kesimida tahlil qilinganda, joriy yilning 4 oyi 30 kuni davomida ushlangan 4 nafar qidiruvdagi shaxslarning,
- 2 nafari tuman IIB Tezkor qidiruv xizmati,
- 2 nafari viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati,
-tuman IIB JTSB, Tergov guruhi, HPB, YHXG, MvaFRG va Probatsiya gurug‘i va Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan birontasi ushlanmagan.
Qidiruv plakatlarini o‘rnatilishi bo‘yicha
Joriy yil 1-choragida barcha mahalla profilaktika inspektorlari xizmat xonalari oldida fukarolar ko‘rishi uchun qulay bo‘lgan joylarda “qish” va “yoz” oylariga chidamli qilib qidiruv doskalari o‘rnatilishi bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat IIB tomonidan tayyorlangan taqraqtish uchun berilgan jami 50 ta qidiruv plakatlari profilaktika inspektorlariga tarqatuv xati bilan berildi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashda bir birimizga yelkadosh bo‘lib harakat qilsak, har bir hudud, mahalla va oilaning tinchligi va osoyishtaligini saqlashda albatta ko‘zlangan maqsadlarga erishimiz.
Murojaatim tugadi, e’tiborlaringiz uchun katta raxmat!
