Pillachilik mavsumi izchil davom etmoqda
2026-04-19 15:00:00 / Yangiliklar

Bo‘rloq mahallasida ipak qurti parvarishlash hamda jonlantirilgan ipak qurtlarini pillakorlarga yetkazib berish jarayonlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda tuman hokimi Shuxrat Axmedov, paxta-g‘alla fermerlari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir davomida ipak qurti parvarishlashning zamonaviy usullari, samaradorlikni oshirish, shuningdek, pillachilikda yuqori natijalarga erishish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Joriy yilda Qo‘shko‘pir tumanida 4 791 quti ipak qurti parvarishlash rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu reja asosida 287 tonna tirik pilla yetishtirish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda tumanda faoliyat yuritayotgan 17 ta inkubatoriyada jonlantirilgan ipak qurtlarini pillakorlarga o‘z vaqtida yetkazib berish ishlari izchil davom ettirilmoqda.Shu jumladan, Bo‘rloq mahallasida ham olib borilayotgan ishlar bilan tuman hokimi yaqindan tanishdi.








