Sayyor qabul
2026-04-18 14:00:00 / Yangiliklar

✅Bugun Qo‘shko‘pir tumani Bahoriston mahallasida tuman hokimi Shuxrat Axmedovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
✅Qabulda ishtirok etgan fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan murojaatlarini bayon etishdi. Fuqaro murojaatlari asosan ijtimoiy-iqtisodiy,ichki yollar, yer munosabatlari, katastr, bandlik va yol kabi masalalarga oid boʻldi.
✅Har bir murojaat alohida e’tiborga olinib, ayrimlari shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, ayrimlari o‘rganish va hal etish maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati






