Qo‘shko‘pir tumani hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha tuman prokurori B.A.Matrasulovning aholiga M U R O J A A T I
2026-03-30 18:00:00 / Murojaatlar

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar !
Barchangizga ma’lumki, muhtaram Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni, aholining xavfsiz hayot kechirishini ta’minlash borasida ham huquqiy, ham tashkiliy jihatdan barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlariga nafaqat
huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki boshqa vazirlik va idoralar, keng jamoatchilik ham to‘la jalb qilindi.
Eng asosiysi, huquqbuzarliklarning oqibati bilan kurashish emas, balki ularning oldini olish asosiy mezonga aylandi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2026 yil 5 yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-1-sonli “2026 yilda respublika mahallalarida jinoyatchilikni barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-2-sonli Qarorlari qabul qilinishi bizga dasturi amal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ushbu Qarorlarni barchasi huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlarini xalq bilan yaqinligini ta’minlash va ulardagi barcha muammolarni tizimli hal qilish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish ishlariga qaratilgan.
Jinoyatchilik tahillariga qo‘ra tumanda 2026-yilning o‘tgan mart oyi davomida oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyat turlaridan qotilik, nomusga tegish, o‘g‘irlik, tan jarohati yetkazish, bosqinchilik, bezorilik, transport vositasini olib qochish kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Tumanda "Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili bo‘yicha 47 ta mahallalarning barchasi “yashil” toifaga kiritildi.
Umumiy jinoyatlar 65 tadan 43 taga ya’ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 51,2 foizga yoki 22 taga kamayishiga erishildi.
Sodir etilgan jinoyatlarning yo‘nalishlari bo‘yicha tahil etilganda, axborot texnologiyalar yordamida sodir etilgan jinoyatlar 40 tani tashkil etdi.
Qayd etilgan jinoyatlarning,-
-4 (6,2%) tasi oldini olish mumkin bo‘lgan;
-21(32,3%) tasi tashabbus bilan aniqlangan;
-40(61,5) tasi axborot texnologiyalari yordamida sodir qilingan jinoyatlarni tashkil qiladi.
Oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar 6 tadan 4 taga ya’ni 2 taga 33,3 foizga kamayib yaxshilangan.
Biroq har haftanoma yig‘ilishida joylardagi mas’ul rahbarlarga oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar oshib borayotganligi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilib, ogohlantirilishiga qaramasdan, ayrim mahallalarda yil boshidan buyon oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyat kamayish o‘rniga aksincha ortib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Misol uchun, joriy yil yanvar oyi yakunida Shixmashxad maxallasida (0-1),
Fevral oyi ya’ni 2 oyda Dovud mahallasida (0-1),
Mart oyi 30 kuni holatiga oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar Ayronqo‘l va Zarbdor mahallalarida (0-1) oshgan.
Aloxida toifadagi shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ilmadi.
Jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan bir nafar shaxs ushlandi.
Davlatimiz rahbarining 05.01.2025 yil kungi PQ-1 va PQ-2 qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, belgilab olingan tumanda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 8 ta mahallalarda choraklik “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish maqsadida tuman prokuraturasida idoralararo ishchi guruhlar (shtab) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlar ishlar muhokama qilinib borilmoqda.
Tumanda jinoyatchilikni keskin kamaytirishga erishish aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini tizimli ravishda hal etish orqali jinoyatlarni jilovlash, ijtimoiy profilaktika sub’ektlari bilan tizimili ishlash, oila turmush munosabatlari doirasida hamda ayollar va yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish bo‘yicha davlat idoralarining kuch va vositalarini jalb etishga qaratildi.
Profilaktik tadbirlar natijasida huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 1632 nafar shaxslar aniqlanib, “Ye-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilib, shulardan 820 nafarining muammolari hal qilinib qo‘shma xulosalar qabul qilindi.
Tumanda ahborot texnolgiyalar yordamida sodir etilgan 40 ta jinoyatlarning tahlilidan kelib chiqqan xolda tumanimiz aholisiga “internet” saytlardagi firibgarlarning “oson yechim topadigan” yolg‘on va’dalariga aldanib qolishdan saqlanishni, shaxsga doyir va bank kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xech kimga bermaslikni so‘rab qolamiz.
Shuningdek tumanda og‘ir turdagi YTX larni barvaqt oldini olish maqsadida, haydovchilarni va piyodalarni yo‘l xarakati qoidalariga qa’tiy rioya etishga, belgilangan tezlikni meyoridan oshirmasliklarini, xujjatsiz transport vositasi boshqarmaslikga, elektroskuterlarni extiyot bo‘lib boshqarishga, shuningdek spirtli ichimlik istemol qilib transport vositalarini boshqarib o‘zini va boshqalarning xayotiga xavf solmaslikga chaqiraman!
Tumanimiz aholisi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish, ma’naviy - axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shsak, bugungi tahlikali zamonda xonadonimizda, mahallamizda, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni so‘zsiz ta’minlaymiz.
Shu sababli, barchangizni yurtimizni tinch va
obod maskanga aylantirishda, Yurtboshimizning xalqchil dono siyosatini amalga oshirishda hamjihatlikda harakat qilishga chaqiraman!
O‘zingizni, uyingizni, oilangizni va yurtimiz kelajagini ehtiyot qiling
