Bugun Qo‘shko‘pir tumanining Xalq qabulxonasida hokim qabuli bo‘lib o‘tdi.
2025-12-21 14:00:00 / Yangiliklar

Qoʻshkoʻpir tumani hokimi birinchi o‘rinbosari S. Pirnapasov tomonidan ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda fuqarolar va tegishli masʼul idora-tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Qabulda ishtirok etgan fuqarolar o‘zlarining muammolari yuzasidan murojaatlarini bayon etishdi.
Har bir murojaat alohida e’tiborga olinib, ayrimlari shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, ayrimlari o‘rganish va hal etish maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati







