Xonobod mahallasida navbatdagi ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
2025-12-13 18:00:00 / Yangiliklar

Aholining yashash sharoitini yaxshilash, odamlar bilan ochiq muloqot orqali ularni qiynab kelayotgan muammolariga yechim topish, tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bugun Qo‘shko‘pir tumani hokimi Shuxrat Axmedovning navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Fuqaro murojaatlari asosan ijtimoiy-iqtisodiy, yer munosabatlari, bandlik, uy-joy, ichimlik suvi taʼminoti kabi masalalarga oid boʻldi. Har bir murojaat joyida oʻrganilib, ayrim murojaatlar qabul davomida ijobiy hal etildi.
Murojaatlarning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati








