Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yusasidan
So‘nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. 2025-yilda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. Sudlar faoliyatida qonun ustuvorligi, adolat, xolislik va ochiqlik tamoyillari izchil ta’minlanmoqda.
Sud ishlarini ko‘rishda:
fuqarolarning sudga murojaat qilish huquqi kengaytirildi;
sud muhokamalarining ochiqligi kuchaytirildi;
taraflarning tengligi va tortishuvchanlik prinsiplari qat’iy ta’minlandi.
Natijada sud qarorlarining sifati oshib, asossiz qarorlar soni qisqardi, fuqarolarning sudlarga bo‘lgan ishonchi mustahkamlandi. 2025-yilda sudlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Jumladan:
sud majlislarining ochiq tarzda o‘tkazilishi amaliyoti kengaytirildi;
muhim va jamoatchilik e’tiboridagi ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun sharoitlar yaratildi;
sud qarorlari va sud amaliyotiga oid ma’lumotlar rasmiy veb-saytlar orqali muntazam yoritildi.
Elektron va bosma ommaviy axborot vositalarida sudlar faoliyati yuzasidan intervyular, reportajlar, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlar, brifinglar va maqolalar tashkil etilib, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Odil sudlovni ta’minlashda raqamli texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2025-yilda:
sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanish ko‘lami oshdi;
sud hujjatlarini elektron shaklda olish imkoniyati yaratildi.
Bu esa fuqarolar va tadbirkorlar uchun ortiqcha vaqt va xarajatlarni qisqartirib, sudlarga murojaat qilishni yanada qulay qildi.
Sudlar tomonidan 2025-yilda fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, noqonuniy qaror va harakatlarni bekor qilish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi.
Xususan:
noqonuniy qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar qonuniy va asosli ko‘rib chiqildi;
mansabdor shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar sud tartibida bartaraf etildi;
mulkiy va nomulkiy nizolarni hal etishda adolat tamoyili ustuvor bo‘ldi.
Bu esa sudlarning inson manfaatlariga xizmat qilayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Xususan Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan 2025 yil davomida 258 nafar shaxsga nisbatan 208 dona jinoyat ishi ko‘rib tamomlangan.
2025 yil davomida 42 nafar shaxsga nisbatan 41 dona jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchilar JKning 661-moddasi asosida, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘lib, jabrlanuvchi bilan yarashib, yetkazilgan zararni bartaraf etganligi sababli tugatilgan.
Shuningdek, 3 nafar oqlangan shaxsning huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqilib, qanoatlantirilgan.
142 nafar mahkumlar, jumladan 7 nafar ayol, 3 nafar yoshlar O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan qo‘llanilgan asosiy yoki qo‘shimcha jazosidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etilgan.
49 ta 57 shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan qo‘yilgan ayblovlar o‘zgartirilgan, shundan 4 ta shaxsga nisbatan asossiz qo‘yilgan ayblov olib tashlangan, 18 ta shaxsga nisbatan ayblovdan modda qismi yoki bandi chiqarib tashlangan, 30 ta shaxsga nisbatan ayblov JK boshqa moddasiga qayta malakalangan, 43 ta shaxsga nisbatan ayblov boshqa qismga yoki bandga o‘zgartirilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan 2025 yil davomida jami 98 marotaba targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi. Ushbu targ‘ibot ishlarining 30 tasi korxona, tashkilot va mahalla fuqarolar yig‘inida, 8 tasi o‘quv muassasalarida o‘tkazildi.
Ommaviy axborot vositalari orqali 60 marotaba chiqish qilinib, shundan internet veb saytlarida 44 marotaba , televideniyada 16 marotaba chiqishlar qilingan.
Mazkur davr mobaynida tuman sudiga jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan 93 murojaat kelib tushgan bo‘lib, barchasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha 59 nafar shaxsga nisbatan 58 dona jinoyat ishi sayyor sud majlislari ko‘rilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha 95 dona jinoyat ishi bo‘yicha xususiy ajrimlar chiqarilgan.
Bundan tashqari, 2025 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan 4041 nafar shaxsga nisbatan 3212 dona ma’muriy ishi ko‘rib tamomlangan.
Ko‘rilgan ma’muriy ishlaridan 2633 nafar shaxsga nisbatan 2258 dona ish yuzasidan jazosi tayinlangan, 1408 nafar shaxsga nisbatan 954 dona ma’muriy ishlar tugatilgan.
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining raisi B.Tagayev
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudining tergvo sudyasi M.O‘roqov
