Qumqoʻrgʻon tumani

Viloyatning markaziy qismida joylashgan. 1977-yil 24-martda tashkil etilgan. Shim.dan Sariosiyo, jan. va jan.-gʻarbdan Jarqoʻrgʻon, sharqdan Oltinsoy, Shoʻrchi, Uzun, shim.-sharqdan Denov, gʻarbdan Bandixon va Boysun tumanlari, jan.sharqdan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 2,2 ming km2. Aholisi 158,3 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (Qumqoʻrgʻon), 1 shaharcha (Hurriyat), 8 qishloq fu-qarolari yigʻini (Arslonboyli, jaloyir, Ketmon, Oqjar, Oqqapchi-gʻay, Yuqori Kakaydi, Oʻzbekiston, Qumqoʻrgʻon) bor. Tuman markazi — Kumkoʻrgʻon shahri Tabiati. Tuman hududi Surxon — Sherobod vodiysining markaziy qismida joylashgan, oʻrta qismidan shim. dan janub tomon Surxondaryo oqib oʻtadi. Relyefi, asosan, adirlardan iborat, Surxondaryo vodiysi gʻarbga (Sherobod — Sariqamish qirlari tomon) va sharqqa (Bobotogʻ tomon) asta-sekin koʻtarilib boradi. Foydali qazilmalardan Lalmikor neft koni, turli qurilish materiallari qazib olinadigan konlar bor. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi iliq, qisqa, yozi issiq, davomli. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3°, eng past temperatura —20°, —22°. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 30°, eng yuqori temperatura 48°. Yillik oʻrtacha temperatura 16°. Vegetatsiya davri 240—250 kun. Yiliga oʻrtacha 190–200 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidan Surxondaryo va uning mavsumiy oqimga ega boʻlgan oʻng irmoqlaridan Oqqapchigʻay, Bandixon soylari oqib oʻtadi. Asosiy sugʻorish kanallari: Sherobod va Bobotogʻ mashina-magistral kanallari, Oʻgʻriguzar nasos st-yasi va boshqa bor. Daryo terrasalari allyuvial boʻz tuproq. Surxondaryoning har ikkala tomonidagi adirliklarda qum tuproq, togʻ etaklarida och tusli boʻz tuproqlar. Kserofit — efemeroid oʻsimliklar oʻsadi. Daryo boʻylarida qamish, qiyoq, yulgʻun, yantoq, qizilmiya, adirlarida betaga, noʻxatak, qoʻngʻir-bosh, shoshir, lolaqizgʻaldoq, qoʻzigul, togʻ yon bagʻirlarida karrak, kovrak, kiyikoʻt, suv havzalarida har xil baliklar yashaydi. Tuman hududida Janubiy Surxon suv ombori joylashgan.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 71 kishi. Sugʻoriladigan zonada oʻrtacha zichlik 1 km2ga 100 kishi chamasida
