Korrupsiyaga qarshi kurashish va Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-10-02 13:40:00 / Yangiliklar
Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Anvar Normamatov rahbarligida tumandagi mahalla raislari hamda mahalladagi hokim yordamchilari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, xodimlarda halollik, shaffoflik va qonunchilikka qat’iy rioya qilish madaniyatini shakllantirishga qaratildi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, uni yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish, halol mehnat qilish va xizmat majburiyatlarini to‘liq bajarish kabi masalalar keng muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida yanvar-sentabr oylarida mahallada qilingan ishlar yuzasidan mahalla raislarining hisobotlari eshitildi hamda yil yakunigacha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha tuman hokimi tomonidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.


