OʻZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING MEʼYORIY-HUQUQIY ASOSLARI
2025-06-30 10:35:00 / Yangiliklar

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishning muhim omillaridan biridir. Bu borada kichik tadbirkorlik subyektlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 50 dan ortiq farmon va qarorlari, vazirlar mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Oʻtgan yillar davomida Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator qonunlar, farmon va dasturlar qabul qilindi. Jumladan: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 09.03.2019 №PQ-4231 sonli qarori; “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 25.10.2019 №PQ-4498 sonli qarori; “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 02.04.2024 №PQ-149 sonli qarori; “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 01.04.2024 №PQ-146 qarori; “Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir choratadbirlar toʻgʻrisida” gi 07.03.2024 №PQ-115 sonli qarori; “Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 16.11.2023 №PQ-366 sonli qarori; “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 16.09.2023 №PQ-306 sonli qarori; “Surxondaryo viloyatida qulay investitsiya muhitini yaratish, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 23.08.2021 №PQ-5228 sonli qarori; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllabquvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 11.11.2023 №PF-193 Farmoni; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllabquvvatlash» kompleks dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 20.01.2024 №181 sonli qarori; “Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024- 2025 yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 14.03.2024 №128 sonli qarori; “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish choratadbirlari toʻgʻrisida 22.01.2024 №37 sonli qarori; “Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirish orqali kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 09.08.2021№504 sonli qarori hamda boshqa bir qator qarorlar va farmonlar qabul qilingan.
Qumqo’rg’on tuman statistika bo’limi
