M41 yo‘li bo‘yida yashil manzara yaratish sari navbatdagi qadamlar
2026-11-21 16:00:00 / Yangiliklar

Qumqo‘rg‘on tumanining obodligi va ko‘rkam qiyofasi, avvalo, uning asosiy yo‘llari va ko‘chalarida namoyon bo‘ladi. Ayni shu maqsadda tuman markazidan o‘tuvchi M41 xalqaro avtomobil yo‘li bo‘yida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda yo‘l yoqalarida yashil hududlarni barpo etish uchun yer maydonlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Gazon ekiladigan joylarda eskirgan tuproq qatlami olib tashlanib, o‘rniga yangi unumdor tuproq yotqizilmoqda.
Ushbu ishlar natijasida yo‘l bo‘ylarida yashil maydonlar kengayib, hududning umumiy qiyofasi yanada yaxshilanadi. Eng muhimi, tumanning markaziy yo‘nalishida obodlik va ko‘kalamzorlikni ta’minlash orqali aholi hamda yo‘lovchilar uchun yanada yoqimli muhit shakllantiriladi.




