Do‘stlik mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etiladi
2026-11-21 15:05:00 / Yangiliklar

Do‘stlik mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tuman hokimi Farrux Xoliqov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholini qiynayotgan muammolar, uy-joylar va ularning atrofidagi hududlarda mavjud kamchiliklar ko‘zdan kechirilib, fuqarolarning takliflari tinglandi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.



