Bayrog‘imiz baland, g‘ururimiz yuksak!
2026-11-11 14:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumanida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali bayroq yurishi marshi tashkil etildi.

Unda turli soha vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini baland ko‘targan holda tuman markazidagi “O‘zbekiston shoh” ko‘chasi bo‘ylab tantanali yurish marshi bilan harakatlandilar.
Mazkur tadbir yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz o‘rtasidagi do‘stlik, birdamlik va hamjihatlikni tarannum etish, davlat ramzlariga bo‘lgan yuksak hurmatni namoyon qilishga qaratildi.
Shuningdek, bayroq yurishi yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni yurt taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.



