Ichimlik suvi ta’minoti: qurilish ishlari nazoratda
2026-11-09 11:30:00 / Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokidagi “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Qumqo‘rg‘on tumani markazidagi 11 ta mahallani markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
Loyiha bo‘yicha Azlarsoy, Yangi shahar, Bog‘aro, Do‘stlik, Neftchilar, Beshqahramon, Ulug‘bek, Surxon sohili, To‘g‘on, Jiydali va Navbahor mahallalarini qamrab olgan.
Bugun tuman hokimi Farrux Xoliqov Bog‘aro mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishdi. Jarayon davomida bajarilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirilib, loyiha ijrosida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Tashrif yakunida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, texnik talablar asosida sifatli bajarish hamda loyiha samaradorligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Asosiy maqsad — aholini sifatli, uzluksiz va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududlarda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash.





