“Turmush” tadbiri: xavfsiz oila, osoyishta hayot
2026-10-16 14:10:00 / Yangiliklar

Qumqo‘rg‘on tumanida oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Turmush” keng qamrovli maxsus profilaktik tadbiri davom etmoqda.
Tadbir doirasida nizoli oilalar bilan manzilli suhbatlar o‘tkazilib, oilaviy muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, o‘zaro hurmat va mehr-oqibatni kuchaytirish hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Maqsad — oilalarda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish.



