Aholi murojaatlariga amaliy yechim
2026-05-15 10:00:00 / Yangiliklar

“Yuksalish” mahalla aholisini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar bugun amaliy yechim topmoqda. Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud holat o‘rganilib, elektr tarmoqlarini yangilash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Xususan, tuman hokimi Farrux Xoliqovning topshirig‘iga asosan mahalladagi eskirgan va foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan yog‘och elektr ustunlari o‘rniga 45 dona yangi beton ustun olib kelinib, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, elektr uzatish tarmoqlarini tartibga keltirish va aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash yuzasidan ham zarur texnik ishlar olib borilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari orqali hududdagi elektr ta’minoti sifati yaxshilanib, elektr energiyasidagi uzilishlar kamayishi, aholining kundalik turmush sharoiti yanada qulaylashishi kutilmoqda. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlaridagi yuklamalarni barqaror ushlab turish hamda xavfsizlikni ta’minlashda yangi beton ustunlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Hududda olib borilayotgan bu kabi amaliy ishlar aholi muammolarini tizimli hal etish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.


