Hashar — elga yarashar!
2026-05-15 08:00:00 / Yangiliklar

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "G‘alaba" mahallasida aholi vakillari bir yoqadan bosh chiqarib, ezgu an’ana — hasharni uyushqoqlik va hamjihatlik ruhida o‘tkazmoqda.
Xususan, mahalla aholisi tomonidan hashar yo‘li bilan mahallada joylashgan Salohiddin ota qabristonida piyodalar yo‘lakchasi qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Eng e’tiborlisi, mahalla fuqarolari ushbu ishlarda faol qatnashib, o‘zaro ahillik va birdamlik namunasini ko‘rsatmoqda. Bunday ezgu tashabbuslar yurtimizda qadimdan shakllangan hashar an’analarining davom etayotganini, xalqimizning hamjihatlik va mehr-oqibat fazilatlari mustahkam ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.
Hashar — nafaqat obodonlashtirish, balki insonlarni birlashtiradigan, mahalla birdamligini yanada mustahkamlaydigan ezgu qadriyatdir.


