Qumqo‘rg‘onlik ziyoratchilar muborak safarga jo‘nab ketishdi
2026-05-14 15:00:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbuslari va Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda yaratilgan imkoniyatlar tufayli minglab vatandoshlarimiz “Haj” safariga borish baxtiga musharraf bo‘lishmoqda. Hukumatimiz tomonidan ular uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Bugun Qumqo‘rg‘on tumanida bo‘lajak hojilarni muborak “Haj” safariga kuzatish marosimi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Joriy yilda tumanimizdan 72 nafar fuqaro ushbu ulug‘ ibodatni ado etish baxtiga muyassar bo‘layotgani ko‘plab oilalar uchun unutilmas quvonch bo‘ldi.
Tadbir davomida nuroniy otaxon va onaxonlar, jamoatchilik vakillari hamda bo‘lajak hojilar davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirishdi. Shuningdek, yig‘ilganlar yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, hojilarimizning safarlari bexatar o‘tishi hamda ibodatlari xayrli va maqbul bo‘lishini tilab duolar qilishdi.




