Mahallalar infratuzilmasi yaxshilash bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
2026-05-14 08:00:00 / Yangiliklar

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga qulaylik yaratish hamda fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, tumanimizning “Cho‘kirli” mahallasida ichki yo‘llarni yaxshilash maqsadida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan yo‘llarni toshlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar yo‘llarning holatini yaxshilash va transport qatnovi uchun qulaylik yaratishga xizmat qiladi.
Ushbu ishlar yakuniga yetkazilgach, hudud aholisi uchun transport harakati yanada qulaylashib, mahalla infratuzilmasi sezilarli darajada yaxshilanadi.



